Rasmiy munosabat
2026-07-25 18:20:00 / Yangiliklar

Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda ( https://www.threads.com/@saiidaslife/post/DbNoP_-DUQQ ) Jingishke kanali bo‘yida joylashgan bolalar maydonchasining ayrim qurilmalari nosoz holatga kelib, avariya holatida ekani yuzasidan murojaat e'lon qilingan edi.
Mazkur murojaat tegishli tashkilotlar tomonidan zudlik bilan o‘rganilib, shu kunning o‘zida bolalar maydonchasida ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Nosoz holatdagi o‘yin qurilmalari sozlanib, maydoncha bolalarning xavfsiz foydalanishi uchun qayta tiklandi.
Bildirilgan murojaat va befarq bo‘lmagan fuqarolik pozitsiyasi uchun murojaat muallifiga minnatdorlik bildiramiz. Kelgusida ham aholi tomonidan bildiriladigan taklif va murojaatlar belgilangan tartibda tezkor ko‘rib chiqilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.



