"Mustaqillik to‘yi" festivali o‘tkazildi
2026-07-28 11:00:00 / Press-relizlar
"Mustaqillik to‘yi" festivali o‘tkazildi

#Mustaqillik_to‘yi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash maqsadida Qo‘ng‘irot tumani "Ravshan" ovul fuqarolar yig‘inida "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida "Mustaqillik to‘yi" festivali bo‘lib o‘tdi.
Festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad jamiyatda millatlararo totuvlik va fuqarolar hamjihatligini mustahkamlash, turli millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va ijtimoiy hamkorlik muhitini yanada rivojlantirish, yoshlarni vatanparvarlik va yuksak fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda birdamlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Festival doirasida Qo‘ng‘irot tumani Madaniyat markazi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etilib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashildi.
Tadbir yakunida "Bir millat — bir yurak" g‘oyasi asosida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan viktorina o‘yinlari tashkil etildi. Shuningdek, tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etilib, kitobxonlikni targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi.









