🌍 Xalqaro tajriba — sifatli ta'lim omili
2026-07-28 09:00:00 / Yangiliklar

Qo‘ng‘irot tumani 47-sonli umumiy ta'lim maktabi direktori Dilbar Allaniyazova Fransiyada bo‘lib o‘tgan Frankofoniya xalqaro malaka oshirish seminarida ishtirok etdi.
Seminar davomida Fransiyaning ilg‘or maktab boshqaruvi tajribasi, zamonaviy o‘qitish metodikalari hamda ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar o‘rganildi.
Xususan:
🔹 maktab boshqaruvining samarali xalqaro tajribalari;
🔹 o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish usullari;
🔹 dars jarayonlariga interaktiv va innovatsion metodlarni joriy etish yo‘llari bo‘yicha bilim va tajribalar almashildi.
Shuningdek, Nitsa va Monako shaharlaridagi ta'lim muassasalarida tashkil etilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar davomida orttirilgan tajribalar kelgusida Qo‘ng‘irot tumanidagi 47-sonli umumiy ta'lim maktabida ta'lim sifatini yanada oshirish va zamonaviy ta'lim muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
Maqsad — xalqaro standartlarga mos, zamonaviy va sifatli ta'lim tizimini rivojlantirish.
