Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro investitsiya tadbiri – beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida Qo‘ng‘irot tumani delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda
2026-06-16 19:00:00 / Yangiliklar
Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro investitsiya tadbiri – beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida Qo‘ng‘irot tumani delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda

Tuman hokimi B.Madaminov boshchiligidagi delegatsiya tarkibidan hokimlik mutaxassislari hamda mahalliy tadbirkorlar o‘rin olgan bo‘lib, forum doirasida xorijiy investorlar, yirik kompaniyalar va xalqaro moliyaviy institutlar vakillari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Forum doirasida Qo‘ng‘irot tumani hokimi B. Madaminov Xitoyning Zhejiang Yuechuang Electronic Technology Co., Ltd., Yaponiyaning Lives Inc. kompaniyalari, shuningdek Rossiya va Latviya davlatlaridan tashrif buyurgan biznes doira vakillari bilan qator muzokaralar olib bormoqda. Uchrashuvlarda tumanning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish hamda eksport geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Muzokaralar davomida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, innovatsion yechimlarni joriy etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy mahsulotlarning xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan istiqbolli takliflar ko‘rib chiqildi.
Mazkur forum Qo‘ng‘irot tumani uchun yangi investitsiya oqimlarini jalb etish, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda hududning sanoat va eksport salohiyatini yuksaltirish yo‘lida muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.







