Qo‘ng‘irot tumanida kir yuvish kukuni ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2026-04-02 10:20:00 / Majlislar

Qo‘ng‘irot tumanida “Kir yuvish kukuni ishlab chiqarishni drayver yo‘nalishlardan biriga aylantirish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimligi mas’ullari, soha mutaxassislari hamda tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida mahalliy sanoatni rivojlantirish, kir yuvish kukuni ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar asosida kengaytirish, ichki bozorni sifatli mahsulot bilan ta’minlash hamda hudud iqtisodiyotini mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shu bilan birga, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalarni jalb etish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan aniq amaliy choralar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlash hamda sohani izchil rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi va tegishli ishchi guruh faoliyati yo‘lga qo‘yildi.








