📢 Qo‘ng‘irot tumanida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
2026-06-11 17:40:00 / Yangiliklar
📢 Qo‘ng‘irot tumanida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

#Payshanba_yoshlar_kuni
Bugun Qo‘ng‘irot tuman hokimligida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Mazkur tadbir tuman hokimi B.Madaminov tomonidan o‘tkazilib, har haftaning payshanba kuni mamlakatimizda rasmiy ravishda “Yoshlar kuni” etib belgilangan kun doirasida o‘tkazilib, yoshlar bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ularning muammolarini tizimli ravishda o‘rganishga xizmat qilmoqda.
Qabul jarayonida tuman hokimi tomonidan ularning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
Uchrashuv davomida yoshlar Prezidentimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar bilan tanishtirilib, ularning bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ayrim murojaatlar yuzasidan amaliy yechimlar ishlab chiqilib, ish bilan ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
“Ochiq eshiklar kuni” yoshlar bilan ochiq va samarali muloqotni mustahkamlash, ularni jamiyat hayotiga faol jalb etish hamda mavjud muammolarni joyida hal etishga xizmat qiluvchi muhim platforma sifatida ahamiyat kasb etmoqda.









