“KINOKARVON” LOYIHASI DOIRASIDA MADANIY TADBIR O‘TKAZILDI
2026-06-12 10:50:00 / Yangiliklar

#Kino_kárwan
Qoraqalpogʻiston Respublikasi "Qoraqalpoqkino" agentligi tomonidan Qoʻngʻirot tumanida “Kinokarvon” loyihasi doirasida navbatdagi madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashining “Hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va xizmatlar sifatini oshirish masalalari to‘g‘risida”gi bayonnomasi ijrosini ta’minlash, shuningdek, Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi turmush va kelajak quramiz!” shiori ostida o‘tkazildi.
Tadbir Qoʻngʻirot tumani Ma’naviyat va ma’rifat saroyida "Qoraqalpoqkino" agentligi, tuman hokimligi hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbir davomida:
mashhur aktyorlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazildi;
tomoshabinlar uchun “Qoraboy” komediya filmi namoyish etildi.
Namoyish etilgan film ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirib, ularning madaniy hordiq chiqarishi va ruhiy dam olishi uchun xizmat qildi.
“Kinokarvon” loyihasi hududlarda aholining madaniy hayotini boyitish, kino san’atiga qiziqishni oshirish hamda sifatli madaniy xizmatlarni kengaytirishga qaratilgan.







