“YANGI O‘ZBEKISTON BUNYODKORLARI” KASBIY MAHORAT MILLIY TANLOVIGA START BERILDI
2026-06-06 16:35:00 / Press-relizlar
“YANGI O‘ZBEKISTON BUNYODKORLARI” KASBIY MAHORAT MILLIY TANLOVIGA START BERILDI

Qo‘ng‘irot tumanida “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining bir qator kasb yo‘nalishlari bo‘yicha bellashuvlarga start berildi.
Tanlov jarayonlari davomida mas’ullar kompyuter grafikasi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish hamda payvandlash yo‘nalishlaridagi amaliy ishlarni yaqindan kuzatib bordilar. Ishtirokchilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning kasbiy mahorati va amaliy ko‘nikmalari ko‘zdan kechirildi.
Yakunda eng munosib ishtirokchilar g‘olib deb topilib, keyingi bosqichga yo‘llanma olishdi.







