Qo‘ng‘irot tumanida «Ayollar daftari»ni yuritishning yangi tartiblari bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi
2026-06-05 18:00:00 / Yangiliklar
Qo‘ng‘irot tumanida «Ayollar daftari»ni yuritishning yangi tartiblari bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Qo‘ng‘irot tumani Madaniyat saroyida 7-bosqich «Ayollar daftari»ni yuritish, tizimdagi yangi o‘zgarishlar va asosiy vazifalarga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasidan biriktirilgan vakil M.Qudratillayev, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Kasaba uyushmalari Kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha «Ayollar daftari» shtabi boshlig‘i U. Jalmenov, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari J. Kurbaniyazov, tuman hokimligining Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i J. Ametova hamda tuman hududidagi tegishli muassasa va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Seminarda yangi tartib bo‘yicha reja doirasida uchta asosiy yo‘nalish — bandlik, tadbirkorlik va kompleks yordam turlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Seminar davomida «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolaridan kelib chiqib, ularning har biriga manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq vazifalar va topshiriqlar belgilab olindi.




