Qo‘ng‘irot tumani Madaniyat saroyida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi
2026-05-11 15:55:00 / Yangiliklar
Qo‘ng‘irot tumani Madaniyat saroyida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi

#Uch_avlod_uchrashuvi
Qo‘ng‘irot tumani Madaniyat saroyida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi.
Uchrashuvda boy hayotiy tajribaga ega nuroniylar ishtirok etib, yoshlarga hayot yo‘lida duch kelgan sinovlar va saboqlar, mehnatsevarlik va vatanparvarlik haqida samimiy fikrlarini bildirdi.
Shuningdek, o‘z tengdoshlari orasida faolligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan yoshlar so‘zga chiqib, o‘z muvaffaqiyatlarining sirlari va hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbir yakunida M.klub volontyorlari hamda “Sharshara” jamoasi tomonidan ijro etilgan "Terbenmes júrekler" spektakli yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.







