Yoshlar g‘oyalari – amaliy qo‘llab-quvvatlanmoqda
2026-05-10 15:55:00 / Yangiliklar

Yoshlar g‘oyalari – amaliy qo‘llab-quvvatlanmoqda
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi tomonidan yoshlarning startap g‘oyalarini o‘rganish va platformaga kiritish ishlari olib borilmoqda.
Tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish hamda amaliy yordam ko‘rsatishdir.
Bo‘lim boshlig‘i Ilmira Azizova har haftada yoshlar bilan uchrashib, ularning istiqbolli tashabbuslarini tinglamoqda va amalga oshirishga ko‘maklashmoqda.
Jumladan, startap g‘oyasi bilan murojaat qilgan Shaxzoda Mahmudovaning loyihasi ham ko‘rib chiqilib, tegishli tavsiyalar berildi.
👉 Bu kabi ishlar yoshlarning tadbirkorlik faolligini oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
