Ko'p qavatli uy-joy obyektlarida o'rganish ishlari olib borildi
2026-04-10 15:10:00 / Yangiliklar

#deputat_nazorati
Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tuman Kengashi raisi M.Matmuratova tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Bugun Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tuman Kengashi raisi M.Matmuratova tomonidan Qo‘ng‘irot tumani "Temirjol" MFY da qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joy obyektlarida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida qurilish ishlari sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, shuningdek, fuqarolar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Qurilish maydonlarida pudratchi tashkilotlar vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilma yaratish, uy-joylarning sifatli va o‘z vaqtida topshirilishini ta’minlash masalalari alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
O‘rganishlar davom etmoqda va bu boradagi ishlar doimiy nazoratda bo‘ladi





