Qo‘ng‘irot tumanida "Hokim olimpiadasi" sport musobaqalari qizg‘in davom etmoqda
2026-04-05 17:35:00 / Yangiliklar
Qo‘ng‘irot tumanida "Hokim olimpiadasi" sport musobaqalari qizg‘in davom etmoqda

Qo‘ng‘irot tumani "Yangi O‘zbekiston - Olimpiya cho‘qqilari" ya’ni "Prezident Olimpiadasi" doirasida sport musobaqalari keng ko‘lamda tashkil etilmoqda. Jumladan, badiiy gimnastika turi bo‘yicha "Qo‘ng‘irot tumani hokimi olimpiadasi" bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.
Musobaqada 13-14 yosh toifasidagi iqtidorli sportchi qizlar ishtirok etib, g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Ularning har bir chiqishi hakamlar hay’ati tomonidan adolatli baholandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng kuchli va munosib ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, diplom va medallar bilan taqdirlandi.






