“Uyda issiqlikni saqlash va kommunal xarajatlarni kamaytirish yo‘llari”
2026-04-06 16:00:00 / Yangiliklar

Uyda issiqlik chiqib ketishi, gaz va elektr to‘lovlarining yuqoriligi ko‘pchilikka tanish holat. Buni katta xarajatlarsiz hal qilish mumkin.
Tom va devorlarni izolyatsiya qilish, eshik-romlarni yangilash, quyosh panellari, geliokollektor yoki energiya tejamkor qozon o‘rnatish uy-joyni ancha tejamkor qiladi. Natijada qishda uy iliq, yozda salqin bo‘ladi, kommunal to‘lovlar esa kamayadi.
Energiya samaradorligi milliy agentligi orqali aholiga qulay imkoniyatlar yaratilgan: energiya auditi xarajati 100% qoplanadi, quyosh uskunalari va issiqlik tizimlariga subsidiya beriladi, “yashil ta’mir” krediti foizining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Ariza topshirish jarayoni onlayn va sodda. Mutaxassislar uyingizni ko‘rib, aniq tavsiyalar beradi. Kam to‘lov, ko‘proq qulaylik va energiya tejamkor uy — bugun boshlash mumkin.


