"Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari," ya’ni "Prezident Olimpiadasi" sport musobaqalarining Qo‘ng‘irot tumani hokimi olimpiadasi bosqichi davom etmoqda
2026-03-28 17:00:00 / Yangiliklar

#Sport
Bugun Qo‘ng‘irot tumani sport maktabi sport zalida mamlakatimiz bo‘ylab yosh sportchilar orasida o‘tkaziladigan "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" ya’ni "Prezident Olimpiadasi" doirasida sportning Erkin kurash, Ayollar kurashi va Yunon-rum kurashi turlaridan Qo‘ng‘irot tumani hokimi olimpiadasi bosqichi tashkil etildi.
Yuqori saviyada o‘tkazilgan sport musobaqasi yakunida g‘oliblar may-iyun oylari davomida bo‘lib o‘tadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi olimpiadasi ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichiga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot o‘rnida Qo‘ng‘irot tumani hokimi olimpiadasi sport musobaqalarining 1-bosqichi, sportning 13 turi bo‘yicha shu yilning 5-aprel kunigacha davom etib, g‘oliblar 7-aprel kuni tuman hokimligi tomonidan taqdirlanishi rejalashtirilgan.








