Qo‘ng‘irot tumanida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasining navbatdagi bosqichi o‘tkazildi
2026-03-27 19:15:00 / Yangiliklar

#Sport
Qo‘ng‘irot tumani 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zalida mamlakatimiz bo‘ylab yosh sportchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari”, ya’ni “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining Qo‘ng‘irot tumani hokimi olimpiadasi bosqichi doirasida sportning Taekwondo WT turi bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi.
Musobaqa yuqori saviyada, sportga xos halollik va murosasiz kurash ruhida o‘tdi. Unda ishtirok etgan yosh sportchilar o‘z mahorati, jismoniy tayyorgarligi hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar may–iyun oylarida bo‘lib o‘tadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi olimpiadasi, ya’ni respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.
Ma’lumot uchun, Qo‘ng‘irot tumani hokimi olimpiadasi sport musobaqalarining 1-bosqichi sportning 13 turi bo‘yicha joriy yilning 5-aprel kuniga qadar davom etadi. Musobaqa g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi esa 7-aprel kuni tuman hokimligi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Qo‘ng‘irot tumani hokimi olimpiadasi doirasidagi sport tadbirlari izchil davom etmoqda.








