Qo‘ng‘irot tumani hokimining "Yosh tadbirkorlar" bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-03-26 18:10:00 / Yangiliklar

Qo‘ng‘irot tumanida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman hokimining yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, ular duch kelayotgan muammolar va takliflar muhokama qilindi. Shuningdek, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, imtiyozlar va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Tuman hokimi yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni har tomonlama rag‘batlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida yosh tadbirkorlarning muammolarini hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.









