“Yoshlar va iqlim ta’limi orqali yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish”
2026-03-17 19:35:00 / Yangiliklar

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda “Yoshlar va iqlim ta’limi orqali yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Mazkur loyiha doirasida yoshlarda iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim muassasalarida iqlim ta’limi komponentlarini joriy etish hamda “yashil ko‘nikmalar”ni rivojlantirishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Shu munosabat bilan 2026-yil 17-mart kuni loyihaning xalqaro konsultanti Charles Edward Schulze, BMTTD vakili Laziz Xo’jaqulov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi Xalqaro bo‘limi mutaxassisi Laylo Yaxshiboeva hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi Mehnat bozori sektori boshlig‘i Gulayim Xalmuratova Qo‘ng‘irot tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida texnikum talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Qo‘ng‘irot tumani hokimligi axborot xizmati




