Faol xotin-qizlarga «E’tibor–2025» mukofoti topshirildi
2025-12-24 12:20:00 / Yangiliklar

Nukus shahridagi Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida «E’tibor–2025» mukofotini topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida faol ishtirok etib, xalqimiz farovon hayotini ta’minlash yo‘lida samarali mehnat qilayotgan xotin-qizlarning xizmatlari e’tirof etildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov so‘zga chiqib, barcha mukofot sohiblarini tabrikladi va ularning kelgusi faoliyatlarida ulkan marralar tiladi.
Mazkur tadbirda Qo‘ng‘irot tumani hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Jamila Ametova «Ibratli ayol» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Jamila Ametovani samimiy tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Qo'ng'irot tumani hokimligi axborot xizmati
