“Ayollar daftari” ro‘yxatidagi ayollar Bo‘stonliq tumaniga sayohatga yuborildi
2025-12-16 17:05:00 / Yangiliklar

Qo‘ng‘irot tumanidagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan, ijtimoiy yordamga muhtoj 10 nafar ayol uchun Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan go‘zal va fayzli maskanlarga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Mazkur tashabbus Qo‘ng‘irot tumani hokimligi tomonidan ichki turizmni rivojlantirish, xotin-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida amalga oshirildi.
Ayni vaqtda sayohat davom etmoqda. Unda ishtirokchilar uchun psixologik va motivatsion treninglar o‘tkazilmoqda, xotin-qizlarning ruhiy holatini mustahkamlash, ularga ijobiy kayfiyat va ishonch bag‘ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur tadbir ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda hayotga bo‘lgan munosabatini yanada ijobiy tomonga o‘zgartirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Qo'ng'irot tumani hokimligi axborot xizmati


