Prezident qarori tushuntirildi
2025-12-11 10:30:00 / Yangiliklar
Prezident qarori tushuntirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025 yil 12 avgustda qabul qilingan "Yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-247-sonli qarorining mazmun-mohiyati, maqsadi va asosiy vazifalarini tushuntirish maqsadida Qo'ng'irot tumani hokimligining kichik majlislar zalida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari J.Kurbaniyazov, Sanoatqurilishbank Qoraqalpog'iston BXM boshlig'i v.v.b A. Joldasbayev va tumani Soliq inspeksiyasi boshlig'i o'rinbosari M.Ganiyevlar qarorning mazmuni va amaliy jihatlarini ishtirokchilarga tushuntirdi. Tadbirda mahallalardagi hokim yordamchilari, tijorat banklari xodimlari va tegishli soha rahbarlari ishtirok etdi.
Seminar orqali raqamli platformalar orqali tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay sharoitlar yaratish, soliq va moliyaviy hisob-kitoblarni soddalashtirish, elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha tushuntirish berildi.
Shuningdek, Qo'ng'irot dehqon bozori va savdo joylariga chiqib, soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan qarorning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Qo'ng'irot tumani hokimligi axborot xizmati







