Qo‘ng‘irot TIIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan yoshlarning ID kartalari tantanali ravishda topshirildi
2025-12-09 10:00:00 / Yangiliklar
Qo‘ng‘irot TIIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan yoshlarning ID kartalari tantanali ravishda topshirildi

Qo‘ng‘irot TIIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan aholiga fuqarolik masalalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, ularning ID kartalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish yo‘nalishida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan hududda yashovchi 16 yoshga to‘lgan bir guruh yoshlarga O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolik to‘g‘risida"gi qonuniga asosan, ID kartalar tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir davomida fuqarolikni tasdiqlovchi hujjatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, yo‘qolgan hujjat uchun qonuniy javobgarlik belgilangani bo‘yicha tushuntirishlar berildi.



