"Raqamli mahalla" platformasidan foydalanish bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi
2025-12-05 11:00:00 / Yangiliklar
"Raqamli mahalla" platformasidan foydalanish bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi

Qo‘ng‘irot tumanida "Mahalla yettiligi" faoliyati, Samarqand tajribasini joriy etish va "Raqamli mahalla" platformasidan foydalanish bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i Sag‘indiq Turmanov rahbarligida Qo‘ng‘irot tumani hokimligining majlislar zalida mahalla raislari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda Samarqand tajribasini Qo‘ng‘irot tumanida amaliyotga tatbiq etish, mahallalarda xatlov jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish, "Raqamli mahalla" platformasiga ma’lumotlarni aniq va o‘z vaqtida kiritish, so‘rovnomalar bilan ishlash tartibi va axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
Ishtirokchilar o‘zlariga kerakli uslubiy ko‘rsatmalarni oldi, savollariga javoblar berildi va platforma bilan ishlashning amaliy jarayonlari ko‘rsatib o‘tildi.
Qo'ng'irot tumani hokimligi axborot xizmati





