"Rahbar va bolalar" uchrashuvi bo'lib o'tdi
2025-12-04 11:00:00 / Yangiliklar
"Rahbar va bolalar" uchrashuvi bo'lib o'tdi

Qo‘ng‘irot tumani "Madaniyat saroyi"da "Rahbar va bolalar" uchrashuvi o‘tkazildi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari J.Ametova, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i F.Ergulanova hamda ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan muvaffaqiyatga erishgan bolalar ishtirok etib, ularning fikr va takliflari ochiq-oydin tinglandi.
Uchrashuvda o‘quvchi yoshlar tomonidan mahallalarda robototexnika to‘garaklarini tashkil etish, maktabgacha ta’lim muassasalarida interaktiv tarzda chet tillarini o‘rgatish, muhandislik va kosmonavtika sohasida mahorat darslarini amalga oshirish, bookcafe obyektlarini tashkil etish, shaxmat klublari sonini oshirish, o‘rta sinf o‘quvchilari orasida tuman fan olimpiadalarini tashkil etish hamda intellektual bilimlarni yanada rivojlantirish kabi takliflar bildirildi.
Ochiq muloqotda bolalar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar ijrosi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Qo'ng'irot tumani hokimligi axborot xizmati









