Qo‘ng‘irot tumani 33-maktabining fidoyi va izlanuvchan o‘quvchisi Ali Sarsenbaev xalqaro fan olimpiadasida bronza medalini qo'lga kiritdi
2025-12-02 09:30:00 / Yangiliklar
Qo‘ng‘irot tumani 33-maktabining fidoyi va izlanuvchan o‘quvchisi Ali Sarsenbaev xalqaro fan olimpiadasida bronza medalini qo'lga kiritdi

Xushxabar!
O‘zbekiston terma jamoasi Sochi shahrida o‘tayotgan 22-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida (IJSO-2025) yuqori natijalarga erishdi.
Eng quvonarlisi - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumani 33-maktabining fidoyi va izlanuvchan o‘quvchisi Ali Sarsenbaev ushbu nufuzli olimpiadada bronza medaliga sazovor bo‘ldi!
Bu muvaffaqiyat - uning mehnatsevarligi, qat’iyati va ilm-fanga bo‘lgan cheksiz muhabbatining yorqin tasdig‘idir. U nafaqat maktabning, balki tuman va butun yurtimizning faxriga aylandi!
Aliyga kelajakda yanada yuksak natijalar tilaymiz.
Qo'ng'irot tumani hokimligi axborot xizmati
