Ichimlik suvi ta’minoti - aholi farovonligi uchun muhim qadam.
2025-10-25 10:50:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosi doirasida Qorao‘zak tumanida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu ishlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi "Osiyo Taraqqiyot Banki ishtirokida "O‘zbekistonning g‘arbiy hududida ichimlik suvi ta’minoti tizimlarini rivojlantirish" loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori asosida loyiha doirasida tuman hududida uzunligi 148,845 km yuqori bosimli suv quvurlari, ichimlik suv tarmoqlari va "Qorao‘zak" URV, "Qoratol" VS-1 "Samat" VS-2 suv taqsimlash inshootlarini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
Bugungi kunga qadar S. Kamalov, Madaniyat, A. Dosnazarov, Qorao‘zak, Esimo‘zak qishloq fuqarolar yig‘inlari va tuman markazi hududlarida jami 51,1 km uzunlikda yuqori bosimli suv yetkazib beruvchi suv tarmoqlari hamda ushbu hududlarda jami 121,9 km uzunlikda past bosimli suv tarmoqlari tortildi.
Hozirgi vaqtda Esim makan fuqarolar yig‘ini hududidagi suv taqsimlash joyida sig‘imi 1700 metr kub bo‘lgan ikki rezervuar, Qorao‘zak QFY Samat nasos stansiyasida sig‘imi 350 metr kub bo‘lgan ikki rezervuarda betonlash ishlari davom etmoqda.
Shuningdek, korxonada ishlovchi xodimlar va suv iste’molchilariga qulaylik yaratish maqsadida, Qoraqalpoq suv ta’minoti aksiyadorlik jamiyati Qorao‘zak tumani filialining ofisi yangidan qurilib, hozirgi vaqtda bu yerda, binoning ichini suvoq qilish, tomlarini shiferlash ishlari olib borilmoqda.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati


