Ro‘yxatga olish - 2026
Prezident farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida” gi PF-173-son farmoni qabul etildi.
O‘zganga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2026-yil 15-yanvar – 28-fevral kunlari aholi ham qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.
Ro‘yxatga olish jarayoni 2 bosqichda tashkil etiladi:
1-bosqich 15–31-yanvar
17 kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaratiladi.
2-bosqich 4–28-fevral
“Mahalla yettiligi” a’zolari uyma-uy yurib, planshet orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etadi.
Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi.
Savolnomadagi ma’lumotlar boshqa idoralarga taqdim etilmaydi.
Savolnoma tarkibi:
Jami savollar soni: 71 ta
Aholiga oid: 54 ta
Qishloq xo‘jaligiga oid: 17 ta
📹 Video havola: https://youtu.be/tCSOwFds3Fc
