Qorao‘zak tumanida sport sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.
2025-10-24 10:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PQ-5148-sonli qarori asosida har yili sport sinovlarini olish belgilab berilgan edi.
Bugun Qorao‘zak tumani sport maktabida 30-70 yoshdagi kattalar va ayol-qizlarimizni http://my.sport.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tkazgan holda sport sinovlari olindi.
Tadbirda dastlab, ishtirokchilarga sport sinovlarini topshirish tartibi va shartlari tushuntirildi.
Shundan so‘ng, tuman sport maktabining tajribali o‘qituvchi-murabbiylari tomonidan sportchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi ko‘zdan kechirildi.
Sport sinovlarini topshirish joriy yilning 30 oktyabr kuniga qadar davom etadi.

