"Ona tilim - faxrim" mavzusida tadbir o‘tkazildi.
2025-10-21 19:20:00 / Yangiliklar

21 oktyabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Qorao‘zak tumani 2-sonli maktabida "Ona tilim - faxrim" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar, o‘zbek tili milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi, xalqimizning boy ma’naviy merosi va tafakkurini namoyon etuvchi bebaho boylik ekanini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, maktab o‘quvchilari tomonidan o‘zbek tilining go‘zalligini tarannum etuvchi qo‘shiqlar va sahna asarlari namoyish etildi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati.



