O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.
2025-10-21 19:05:00 / Yangiliklar

Qorao‘zak tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 21-oktyabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari R. Sagidullayeva, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari J. Nuratdinovalar davlat tili - xalqimizning bebaho ma’naviy boyligi, milliy o‘zligimiz va g‘ururimiz ifodasi ekanini ta’kidlab, tilimizning nufuzini yanada oshirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi. Bayram dasturi davomida maktabning iqtidorli o‘quvchi yoshlari tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati.


