Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish.
2025-10-20 09:40:00 / Yangiliklar

Prezidentimizning 18.03.2025-yildagi PQ-111-sonli Qaroriga asosan, tuman-shahar hokimi va ularning o‘rinbosarlari tomonidan shaxsan o‘rganilishi lozim bo‘lgan mahallalar bo‘yicha haftalik grafik reja asosida Qorao‘zak tumani hokimining o‘rinbosari G‘. Ametov "Mustaqillik guzari" MFYda bo‘lib, mahalla faollari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mahalla darajasida qilinayotgan ishlar bilan tanishib, jinoyatchilikning oldini olish va sabablarini bartaraf etish, aholining huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati.


