Qorao‘zak tumanida yana ikki yosh uy bilan ta’minlandi.
2025-10-20 09:20:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi "Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5216-sonli qaroriga asosan, boquvchisini yo‘qotgan yoshlarimiz M.Reymov va E.Qodirniyazovlarga tumandagi "Esim" mahallasida joylashgan "Yangi O‘zbekiston massivi"da barcha qulayliklarga ega ikki xonali turar-joydan ikki yoshga sovg‘a qilindi.
Tadbirda tuman hokimi A. Baymuratov, soha rahbarlari bilan birga uy egalariga yangi uylarining kalitini topshirib, ularga ezgu tilaklarini bildirdi va sharoitlari bilan tanishdi. Bino egalari ham Prezidentimizning yoshlarga yaratayotgan imkoniyatlaridan mamnun bo‘lib, o‘z minnatdorliklarini bildirdi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati.



