Zulfiya mukofotining tuman bosqichi o‘tkazildi.
2025-10-17 19:35:00 / Yangiliklar

️Qorao‘zak tumani 16-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti uchun e’lon qilingan tanlovning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda fan, adabiyot, ta’lim, san’at, madaniyat, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik yo‘nalishlarida yuqori yutuqlarga erishib kelayotgan iqtidorli qizlar ishtirok etdi.
Yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida yutuqlarni qo‘lga kiritib kelayotgan o‘n to‘rt yoshdan o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘zaro bellashdi va hakamlar hay’ati tomonidan g‘oliblar aniqlandi.
Tanlov yakunida g‘olib qizlarimiz Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.



