15-oktyabr Xalqaro qishloq ayollari kuni
2025-10-15 17:30:00 / Yangiliklar

️BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi "Qishloq ayollarining ahvolini yaxshilash" haqidagi rezolyutsiyasiga asoslanib, 15-oktyabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni deb e’lon qilindi. Bu kun bizning yurtimizda ham bayram sifatida har yili nishonlanib kelmoqda.
Ushbu bayram munosabati bilan Qorao‘zak tumanida qishloq ayollarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida bayram tadbiri tashkil etildi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i R. Sagidullayeva qishloq ayollariga hormasin aytib, tumanimizning ijtimoiy-iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi sohalarining rivojlanishida xalqimizning salmoqli hissalari borligini faxr bilan ta’kidladi va xalqimizning milliy boyligi bo‘lgan paxta hosiliga qo‘shayotgan hissalari uchun minnatdorchilik bildirib, bayram bilan tabrikladi.
Shundan so‘ng, bir qator sohalardagi faol xotin-qizlarga tuman hokimligining qimmatbaho sovg‘alari va faxriy yorliqlari tantanali ravishda topshirildi. Shunday dunyoning tayanchi, hayotning mazmuni, qishloqning ko‘rki bo‘lgan ayol-qizlarimizga bayram muborak bo‘lsin, aziz qishloq ayollari degimiz keladi!
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati



