Xalq deputatlari Qorao‘zak tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
2025-10-10 10:10:00 / Yangiliklar

Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalar, muassasa, tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiya kun tartibida, Qorao‘zak tumani Adliya bo‘limi, IIB, tuman tibbiyot birlashmasi, sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi, O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Qorao‘zak tumani bo‘limi rahbarlari 2025-yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tdi. Shuningdek, tumandagi Esim MFY "Yangi O‘zbekiston" massividan turar joy olishni xohlovchi fuqarolarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri subsidiya ajratish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi. Sessiya yakunida, taqdim etilgan masalalar to‘liq ko‘rib chiqilib, kelgusi rejalar belgilab olindi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati



