🎉 HACKATHON TANLOVI MUVOFFAQIYATLI YAKUNLANDI! 🚀
2025-07-24 07:15:00 / Yangiliklar

➤ 23-iyul kuni hududimizda texnologiya ixlosmandlari uchun muhim voqea - "HACKATHON" tanlovi muvaffaqiyatli o‘tkazildi! Mazkur tanlov "Yoshlar ishlari agentligi" ko‘magida tashkil etilib, zamonaviy texnologiyalarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, yoshlarni innovatsion loyihalarga jalb etish maqsadida o‘tkazildi.
🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagicha:
➤ 1-o‘rin: "IT ProLab" jamoasi
➤️ 2-o‘rin: "GreenIQ" jamoasi
➤3-o‘rin: "Finzo" jamoasi
🎁 G‘oliblarga esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi!
➤ Tanlov jarayonida yoshlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llab, zamonaviy muammolarga texnologik yechimlar topdi. Bu esa ularning kelgusida IT sohasida ulkan yutuqlarga erishishiga zamin yaratadi.
📌 Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar, faol guruhlarga esa rag‘batlantiruvchi sovg‘alar topshirildi.




