Tumanda "Jasorat maktabi" tashkil etilmoqda.
2025-07-17 10:25:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi tegishli qarori bilan Jasorat maktablari har bir tumanda tashkil etilib, 2025-yilning sentyabr oyidan o‘qish boshlanishi rejalashtirilgan.
Qaror asosida Jasorat maktabi Qorao‘zak tumanida 28-sonli maktab negizida tashkil etilmoqda.
Bugun tumandagi 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Jasorat maktabi"ga 2-bosqich jismoniy tayyorgarlik sinov mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.
Joriy yilning 10-iyul sanasida Nukus shahrida ona tili va matematika fanlaridan 1-bosqich test sinovlari bo‘lib o‘tdi va test sinovlarida 126 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
"Jasorat maktabi"ga 4-sinfni bitirgan 26 nafar o‘quvchi, 5-sinf uchun test sinovlari va jismoniy tayyorgarlik sinov mashqlari natijalari yakuni bilan qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun: Maktabga qabul qilingan o‘quvchilar o‘quv yili davomida ikki marta harbiy poligonlarda, har chorakda bir marta harbiy qismlarda amaliy mashg‘ulotlar olib boradi va 9-sinfni bitirgan o‘quvchilarga tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi guvohnoma, 11-sinfni bitirgan o‘quvchilarga umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi.
Shuningdek, "Jasorat maktablari" ni tamomlagan o‘quvchilarga quyidagi imtiyozlar beriladi:
Namunali baholar bilan tamomlagan hamda "Vatan tayanchi" otryadi a’zosi bo‘lgan bir nafar o‘quvchiga Mudofaa vazirligi tomonidan oliy harbiy va harbiylashtirilgan hamda yuridik ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati.




