Maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallar topshirildi.
2025-06-24 11:25:00 / Yangiliklar

O‘quvchilarga medal topshirish marosimida tuman hokimining o‘rinbosari I.Qo‘siboyev bitiruvchi yoshlarni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, kelajakdagi oldiga qo‘ygan maqsadlariga yetaverishlarini tilab, ularning ota-onalariga, ustozlariga minnatdorchilik bildirdi.
Tadbirda umumta’lim maktablarini a’lo baholarga tamomlagan va fan olimpiada bosqichlarida faol ishtirok etgan o‘quvchilarga oltin va kumush medallar, ularning ota-onalariga faxriy yorliqlar topshirildi.
Ma’lumot uchun: 2024-2025-o‘quv yilida tumanda jami 420 o‘quvchi umumta’lim maktablarini muvaffaqiyatli tamomlayotgan bo‘lsa, 14 bitiruvchi oltin medal va 9 bitiruvchi kumush medal bilan maktabni tamomlagan.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati.



