Qorao‘zak yoshlari uchun imkoniyat
2025-06-02 09:45:00 / Yangiliklar

️Qorao‘zak tumani hokimligiga qarashli BPO IT markazida hozirgi vaqtda 4 qobiliyatli va faol yosh mutaxassislar ishlab kelmoqda.
Ushbu markazda IT sohasining 5 ta muhim yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar malakali mutaxassislar tomonidan amaliy o‘quv dasturlari asosida o‘qitilmoqda.
Markazning asosiy maqsadi - yoshlarni zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirish, ularni professional darajada tayyorlash va hududda IT sohasini rivojlantirishga xizmat qilishdan iborat.
