Deputatlar Qoratov massividagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi.
2025-05-29 18:40:00 / Yangiliklar

Qorao‘zak tumani "Qoratov" massivida joylashgan "Tebinbuloq" investitsiya loyihasi uchun 467 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, loyihani amalga oshirish uchun xorijiy investitsiya 1250 mln dollarni tashkil etadi.
Bugungi kunda "Triangul Metals Tebinbuloq" MCHJ tomonidan yirik qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyiha ishga tushirilsa bosqichma-bosqich yiliga 3,6 mln tonna to‘g‘ridan-to‘g‘ri tiklangan temir ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Temir rudasi konini ishlab chiqarish hamda metallurgiya kompleksining 1-bosqich loyihasi amalga oshirilishi bilan 1000 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.
Xalq deputatlari Qorao‘zak tumani Kengashi deputati N.Tlewmuratov, tuman hokimi o‘rinbosari G‘.Ametov va nuroniylar shu korxonada bo‘lib, hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib qaytdi.
