Imkoniyati cheklangan fuqarolarimiz o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi.
2025-04-25 18:35:00 / Yangiliklar

Oramizda shunday insonlar borki, imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramasdan o‘zida kuch-g‘ayrat to‘plab, bor bilimini, qalbidagi yashashga bo‘lgan intilishini so‘ndirmasdan tinimsiz izlanib, sport bilan muntazam shug‘ullanib jamiyatda o‘z o‘rinlarini topib ulgurgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 8 noyabrdagi «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb qilish orqali jismoniy reabilitatsiya qilishni jadallashtirish to‘g‘risida»gi 389-sonli qarori shunday fuqarolarimiz uchun katta imkoniyat bo‘ldi.
Qarorga asosan, Qorao‘zak tumani hokimligi, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi, sport maktabi, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan «Besh tashabbus» olimpiadasi doirasida para sport musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqada tuman hududidagi mahallalardan nogironligi bo‘lgan 348 nafar fuqaro, 200 nafardan ortig‘i para sportning 4 turi bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Ushbu sport musobaqalari sportchilarimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bilan birga, jamiyatdagi faollikni oshirishda ham muhim qadam hisoblanadi. Musobaqa yakunida sport o‘yinlari g‘oliblariga tuman hokimligi, homiy tashkilotlar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar tantanali ravishda topshirildi. G‘oliblar sportning keyingi bosqichiga yo‘llanma oldi.
