Qoraözakda "Döstlik festivali" doirasida yoşlar bilan uçraşuv bölib ötdi
2026-11-18 19:40:00 / Yangiliklar

Qoraözak tumanida Namangan davlat texnika universiteti rektori, kimyo fanlari doktori, professor O. Ergaşev va universitetning Yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça prorektori M.Qayumovlar iştirokida faol yoşlar bilan uçraşuvi taşkil etildi.
Uçraşuv "Döstlik festivali" doirasida ötkazilib, unda yoşlarning bilim olişi, ilm-fanga bölgan qiziqişini oşiriş, iste’dod va salohiyatini röyobga çiqariş, kelajakdagi maqsad va intilişlarini qöllab-quvvatlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuv davomida yoşlar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va mulohazalarini bildirdi.
"Döstlik festivali" doirasida mehmonlar tumanda amalga oşirilayotgan "Yaşil makon" umummilliy loyihasi doirasida köçat ekiş tadbirida ham faol iştirok etdi.
Mehmonlar tuman faollari va yoşlar bilan birgalikda köçat ekib, atrof-muhitni obodonlaştiriş, ekologik muhitni yaxşilaş va kelajak avlod uçun yaşil va toza tabiatni asrab-avaylaşga öz hissasini qöşdi.
Bu ezgu taşabbus nafaqat tabiatga mehr va e’tibor, balki yoşlar qalbida ekologik madaniyat va Vatanga sadoqat tuyğularini mustahkamlaşga ham xizmat qiladi.
Qoraözak tumani hokimligi axborot xizmati






