"Yoshlar kuni" tadbiri doirasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-10-29 17:10:00 / Yangiliklar
"Yoshlar kuni" tadbiri doirasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun tuman hokimi A. Baymuratov tumandagi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Tuman hokimi yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslarni tinglab, ularni amalga oshirish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
Shuningdek, tadbirda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat dasturlari va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi hamda faol yoshlar o‘zlarining yutuqlari va kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati



