Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla
2026-10-30 09:45:00 / Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashining 2026-yil 13-fevral kungi 590-sonli Prezidium qarori bilan "Yangi O‘zbekiston" ko‘rinishidagi mahallalar qatoriga "A.Dosnazarov" mahallasi ham kiritildi, hududdagi 4 loyihaga jami 5 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilib qurilish ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Xususan, buyuk ajdodimiz A. Do‘stnazarov haykali atrofini yangilash, yoshlarimiz uchun sport maydoni va aholining dam olishi uchun zamonaviy maskanlar barpo etilib, xalq farovonligiga topshirildi.
Bu ishlar mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, ko‘chalarni tartibga keltirish va hududning tashqi qiyofasini yanada yaxshilashga qaratilgan.
Qorao‘zak tumani hokimligi axborot xizmati



