Hokim o‘rinbosarlarining shaxsiy qabullari o‘tkazildi
2026-10-28 18:30:00 / Yangiliklar
Hokim o‘rinbosarlarining shaxsiy qabullari o‘tkazildi

Qorao‘zak tumani hokimining o‘rinbosarlari A. Sarsenbayev, G‘. Ametov, Q. O‘teyev, A. Erejepovlarning shaxsiy qabullari o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joylarni ta’mirlash, moddiy yordam, tadbirkorlikni boshlash uchun yer maydonlarini ajratish va boshqa ijtimoiy muammolar bildirildi, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va yechimini topish choralarini ko‘rish bo‘yicha nazoratga olindi.
Qorao‘zak tumani hokimligi axborot xizmati


