Bugun Qorao‘zak tumani hokimi A. Baymuratov migratsiyada yurgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
2026-10-14 17:15:00 / Yangiliklar
Bugun Qorao‘zak tumani hokimi A. Baymuratov migratsiyada yurgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Suhbat davomida yoshlarning fikrlari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar, taklif-mulohazalari va duch kelgan muammolari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunar o‘rganishi va o‘z tajribalarini ona yurt rivojiga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv ochiq va erkin fikr almashish vaziyatida o‘tib, yoshlarning takliflarini o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilab olishga imkon yaratdi.
Suhbat davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Qorao‘zak tumani hokimligi axborot xizmati



