Tumanda "O‘qituvchi va murabbiylar" bayrami keng nishonlandi
2026-09-30 10:10:00 / Yangiliklar

Qorao‘zak tumanida "1-oktyabr O‘qituvchilar va murabbiylar kuni" bayrami keng tarzda nishonlandi.
Bayram tantanasi tumandagi fayzli maskanlardan birida o‘tkazildi.
Unda tuman hokimi A.Bаymuratov va boshqalar so‘zga chiqib, o‘zlarining butun umrini, qalbidagi nurini, mehrini bolalarga bag‘ishlab, ularga ilm-fan, hunar sirlarini o‘rgatib, xalqimizning hurmat-e’tibori, cheksiz olqishiga sazovor bo‘lgan o‘qituvchilarimiz va qadrli ustozlarimizni kasb bayramlari bilan tabrikladi.
Shundan so‘ng, bir qator ilg‘or tajribali yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchilarga tuman hokimligining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Bayram tadbiri Respublikamizga mashhur xonandalarning konsert dasturlari bilan davom etdi.
Qorao‘zak tumani hokimligi axborot xizmati






