Tumandagi tadbirkor ayollar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-09-10 18:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi D.Kattaxonova Qorao‘zak tumanida bo‘lib, tadbirkor ayollar bilan uchrashdi va ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv davomida xotin-qizlarning tadbirkorlik sohasidagi faolligini oshirish, ularning yangi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirkor ayollar o‘z faoliyati, erishayotgan natijalari, imkoniyatlari va muammolari haqida ma’lumot berdi.
Ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, faoliyatini kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Uchrashuv davomida xotin-qizlarning ishlari joyida o‘rganildi
Qorao‘zak tumani hokimligi axborot xizmati




