Qorao‘zak tumanida Jizzax viloyati Kengashi deputatlari mehmonda bo‘ldi
2026-09-10 10:15:00 / Yangiliklar

Mehmonlarni Qorao‘zak tumani hokimi Anvar Baymuratov va tuman Kengashi deputatlari kutib oldi va tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Shundan so‘ng, Xalq deputatlari Qorao‘zak tumani Kengashi raisi G.Yusupova tumandagi Kengash ishlari bilan tanishtirib, Kengashda yaratilgan sharoitlar va deputatlik faoliyati bo‘yicha Kengashning doimiy komissiyalari, ekspert guruhi va Kengash qoshida tashkil etilgan yoshlar maslahat guruhi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tajriba almashdi.Shu kuni delegatsiya vakillarining tuman Kengashi deputatlari ishtirokida uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda Kengash raisi G.Yusupova tumanlik Kengash deputatlarining 2026-yil davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berdi.
Uchrashuv yakunida Xalq deputatlari Jizzax viloyati delegatsiyasi vakillari fikr-mulohazalarini bildirib, o‘zaro fikr almashdi.
Uchrashuvga tuman hokimi A. Baymuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashining qo‘mita raisi Sh. O‘temisovlar qatnashdi.
Qorao‘zak tumani hokimligi axborot xizmati



