"Mustaqillik - milliy birlik va totuvlik timsoli
2026-08-14 18:55:00 / Matbuot anjumanlari

Bugun Qorao‘zak tumanida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan "Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida "Mustaqillik to‘yi" festivali yuqori saviyada boshlandi.
Tadbir doirasida tuman Madaniyat saroyida "Shukronalik" madaniy-ma’rifiy uchrashuvi o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasidagi Madaniyat xodimlari, taniqli ijodkorlar, estrada yulduzlari va xalqimiz ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoitlar, hududlar rivoji, yoshlarga bo‘lgan alohida e’tibor va inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ezgu tashabbuslar haqida birma-bir ta’kidlab o‘tdilar.Bugungi uchrashuv ishtirokchilarga bayram kayfiyatini bag‘ishladi.
Mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ezgu tashabbuslar davom etmoqda. Mustaqilligimizning shonli bayrami – Mustaqillik to‘yi festivali doirasida Qorao'zak tumanida ham “Kitoblar karvoni” loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar va kitobsevarlar uchun quyidagilar tashkil etildi:
Kitoblar ko‘rgazmalari: Turli janrdagi badiiy, tarixiy, ilmiy-ommabop va bolalar adabiyotlari namoyish etildi.
Ijodiy uchrashuvlar: Taniqli yozuvchi va shoirlar bilan qizg‘in muloqotlar bo‘lib o‘tdi.
Tuhfalar: Faol kitobxonlarga va yoshlarga esdalik sovg‘alari hamda yangi kitoblar jamlanmalari ulashildi.
Bu kabi ma’rifiy tadbirlar yoshlarimizning ma’naviy olamini boyitishga, ularning kitobga bo‘lgan mehrini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Qorao‘zak tumani hokimligi axborot xizmati






